Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onalik 58 yoshli haydovchini vahshiylarcha o‘ldirgan qotil olti oydan so‘ng topildi

Farg‘onalik 58 yoshli haydovchini vahshiylarcha o‘ldirgan qotil olti oydan so‘ng topildi

IIB Axborot xizmati joriy yilning yanvar oyida sodir etilgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqagan qotillik jinoyatiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Xabaringiz bor, shu yilning 5 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashagan 1962 yilda tug‘ilgan marhum Komoljon Yuldashev o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasida «Qo‘qon-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab kira qilish maqsadida yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bedarak yo‘qolgan K. Yuldashev boshqaruvida bo‘lgan bo‘lgan Cobalt avtomashinasi 8 yanvar kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahar Yangiobod MFY hududida, uning murdasi esa tan jarohatlari bilan “Angren” daryosi qirg‘og‘idan topilgan edi.

Farg‘onalik 58 yoshli haydovchini vahshiylarcha o‘ldirgan qotil olti oydan so‘ng topildi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv surushtiruv ishlari davomida mazkur mudhish jinoyat ishi fosh etildi.

Ushbu jinoyatni 1998 yilda tug‘ilgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi U.YO. tomonidan sodir etilganiga yetarli ma’lumot va dalillar to‘planib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Gumonlanuvchi U.YO. aybiga iqrorligini o‘z arizasida ham bayon qilgan.

Farg‘onalik 58 yoshli haydovchini vahshiylarcha o‘ldirgan qotil olti oydan so‘ng topildi

Shuningdek, surushtiruvlar davomida gumonlanuvchi U.YO. ning Ohangaron va Olmaliq shaharlarida sodir etgan boshqa (o‘g‘irlik) jinoyatlari ham fosh etilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishlari yuzasidan Ohangaron shahar IIB TB tomonidan  dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:41 23.06.2020. O'qildi: 5796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!