Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada voyaga yetmagan ikki qiz gazdan zaharlanib vafot etdi

Farg‘onada voyaga yetmagan ikki qiz gazdan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida voyaga yetmagan ikki qiz gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

2019 yil 11 noyabr kuni soat 06:30larda Rishton tumani, “Zarariq” mahallasida yashagan voyaga yetmagan opa-singillar yashash xonadonidagi hammomga yuvinish maqsadida kirishgan vaqtida hammomni isitish uchun qo‘lbola usulda yasalgan pechga ulangan tabiiy gaz o‘chib qolishi natijasida tabiiy gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:00 12.11.2019. O'qildi: 1715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!