Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada ko‘zbo‘yamachilik: soxta "spektakl" uyushtirgan rahbar va xodimlar jazolandi

Farg‘onada ko‘zbo‘yamachilik: soxta "spektakl" uyushtirgan rahbar va xodimlar jazolandi

Farg‘onada tashkil etilgan soxta qabul to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinib, keltirilgan har bir holat Ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Vazirlik matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan:

1. Muminova Ziroatxon bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. (Ma’lumot uchun – Z.Muminovaning murojaati, uning turmush o‘rtog‘i Mo‘minov Olimjonni tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga Qo‘qon tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanmaga ko‘ra 28.06.2019 yildagi №65/1-sonli buyruq asosida ishchi vazifasiga ishga joylashtirilganligi bilan hal qilingan).

2. Mirzamatova Gulbaxor bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. (Ma’lumot uchun – G.Mirzamatovaning murojaati Oltiariq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma asosida Oltiariq tumani Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga 28.06.2019 yildagi №135-sonli buyruq asosida sanitarka vazifasiga ishga joylashtirilganligi bilan hal qilingan).

3. Zarifa Xolmuhamedova va Ziyoda Shamsutdinova to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi. (Ma’lumot uchun – Marg‘ilon shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazining rahbariyati mas’ul xodimlari tomonidan ko‘zbo‘yamachilik holatiga yo‘l qo‘yilgan). Ushbu holat bevosita mehnat organlarining mas’uliyati va bu biz uchun juda ayanchli holat.

4. Sayyor qabulni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘zbo‘yamachilik va xatolikka yo‘l qo‘ygan Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari mas’ul rahbar va xodimlariga nisbatan Mehnat Kodeksida belgilangan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Kelgusida bunday holatlarni oldini olish maqsadida mazkur masala Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi kun tartibi muhokamasiga kiritildi.

Ma’lumot o‘rnida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan sayyor qabulida jami murojaat etgan 53 nafar fuqarolardan 37 nafarining murojaati ijobiy hal etilgan.

Xususan, murojaat qilgan fuqarolarning 22 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 7 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, 5 nafariga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun kredit olish masalasida tavsiyalar berilgan (bank bilan bog‘liq masalalar nazoratga olingan), 1 nafar fuqaroga shaxsiy tomorqasida issiqxona qurish uchun subsidiya ajratishga hujjatlari rasmiylashtirilgan.

1 nafar fuqaro kasbga yo‘naltirilgan. Xususiy Bandlik Agentligi  faoliyatidan norozi 1 nafar fuqaroning to‘lagan pullari undirib berilgan.

2 nafar fuqaroning murojaati qalbakilashtirilganligi uchun asossiz deb topilgan.  

Qolgan 14 nafar fuqaroning murojaatlarini hal qilish, ularni ishga joylashtirish masalasi yuzasidan joyida mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilgan va ijrosi bo‘yicha muddatlar belgilangan.

Kiritildi: 14:05 10.07.2019. O'qildi: 1802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!