Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda

Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. 

Ular orasida yaqinda Umra safaridan qaytgan, shu yilning 24 mart kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorning ahvoli yomonlashgan.  
59 yoshli ushbu bemor shu vaqtgacha surunkali o‘pka va gipertoniya xastaligi bilan dispanser nazoratida turgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi ikkinchi darajasi kuzatilmoqda. U ayni paytda sun’iy nafas olish apparatiga olingan.  

Shifokorlarimiz belgilangan standart va tavsiyalarga asosan zarur tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 20:07 31.03.2020. O'qildi: 3418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!