Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada janjaldan qochgan yigit fojiali tarzda halok bo‘ldi (VIDEO)

Farg‘onada janjaldan qochgan yigit fojiali tarzda halok bo‘ldi (VIDEO)

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida katta yo‘lda yuzaga kelgan janjal ishtirokchisi ta’qibdan qochib, yurib ketayotgan va muayyan vaqt davomida sekinlashga «Zil»ga osildi. Yuk mashinasi haydovchisining to‘xtab yigitni ogohlantirganiga qaramay, u yana harakatlanib ketayotgan «Zil»ga tirmashgan va mashinaning ostiga kirib ketib, halok bo‘lgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga tayanib "Daryo" xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra 4 avgust kuni soat 18:00 larda Farg‘ona tumanidagi avtomobil yo‘lida bir nechta fuqaro o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Voqea joyiga yaqinlashgan «Zil-130» yuk mashinasi haydovchisi vaziyatdan bexabarligi uchun ulovni sekinlatgan.

Haydovchining hikoya qilishicha to‘planib turgan odamlar orasidan ikki yigit chiqqan va «Zil»ga qarama-qarshi tarzda yugurgan. Haydovchi yigitlarga zarar yetkazmaslik uchun mashina tezligini kamaytirgan. U ikki yigit turgan joydan qo‘zg‘alib harakatni davom ettirgan vaqtida egnida ko‘ylagi yo‘q yigit mashinaga osilib olgan. «Zil» to‘xtagan va haydovchi yigitga mashinaga osilmaslikni aytgan.

Biroq yuk mashinasi harakatlana boshlaganida yana osilgan va haydovchi avtomobillar oqimini hisobga olib, tezlikni kamaytirib to‘xtashga urinayotgan vaqtda, kutilmaganda «Zil» ostiga kirib ketib voqea joyida halok bo‘lgan.

Kiritildi: 07:57 06.08.2020. O'qildi: 5902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!