Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada fojia yuz berdi: 1 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi kasalxonada

Farg‘onada fojia yuz berdi: 1 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi kasalxonada

Joriy yilning 18 yanvar kuni Farg‘onada halokatli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Keltirilgan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 11:00 larda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. 

Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lida qalin tuman tushishi oqibatida ko‘rish darajasi pasayganligi sababli 4R 112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 289-kilometrida Buvayda tumanida yashovchi haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan YU.N. shu manzilda yashovchi otasiga tegishli “Kamaz-5511” rusumli avtomobilini burib olayotgan bo‘lgan. Qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 4 ta “Neksiya” rusumli transport vositalari YU.N. boshqaruvidagi yuk avtomobiliga kelib urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda “Neksiya” avtomobillarining uch nafar yo‘lovchisi va bir nafar haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek yana bir yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni, respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishini inobatga olib yo‘llarda xushyorlik bilan harakat qilishinigizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:22 18.01.2020. O'qildi: 2369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!