Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada erkak xotini aliment to‘lamagani uchun ustidan arz qildi

Farg‘onada erkak xotini aliment to‘lamagani uchun ustidan arz qildi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida erkak xotini aliment to‘lamagani uchun ustidan arz qildi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Keltirilishicha, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro M.M. (erkak) tomonidan sobiq turmush o‘rtog‘i X.H. (ayol)ga nisbatan aliment undirish yuzasidan sudga murojaat etilgan.

Sudning 11 aprel kungi ijro hujjatiga asosan, onadan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Biroq ayol mazkur majburiyatdan qasddan bo‘yin tovlagan va yashirinib yurishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, X.H. boshqa viloyatda aniqlangan va ushlangan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi — “Voyaga yetmagan bolalarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash” bilan ish qo‘zg‘atilib, materiallar sudga taqdim etilgan.

Sud majlisida ayol 22 363 310 so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligini tan olgan bo‘lsa-da, uni to‘lashdan bosh tortgan. Ushbu holatni inobatga olgan holda, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 22:04 13.05.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!