Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada eri Rossiyaga ketgan ayol xiyonat qildi. Er qaytgach esa fojia yuz berdi

Farg‘onada eri Rossiyaga ketgan ayol xiyonat qildi. Er qaytgach esa fojia yuz berdi

Qo‘qon shahrida yashovchi Ismoil G‘oziyev (ism-shariflar o‘z­gartirilgan) bundan 28 yil muqaddam Malohat G‘oziyeva bilan turmush qurganida 23 yoshda edi. Oradan yillar o‘tib, ular 3 nafar farzandning ota-onasi bo‘lishdi.

Shuning uchun yosh er-xotinning hayoti o‘zgalar ha­vas qilgudek kechgan bo‘lsa, ajab emas.

Ammo chorak asrdan so‘ng ush­bu oiladan fayz-baraka ko‘­ta­rildi, osudalik va hamjihatlik o‘rnini dilxiralik, ishonch­sizlik egalladi. «Ko‘z­dan yiroq — ko‘ngildan yi­roq», deganlaridek, Ismoil va Malohat o‘rtasidagi muhabbatga xiyonat rahna soldi.

Gap shundaki, I. G‘oziyev hech qayerda ishlamagani va biror-bir tayinli kasbning egasi bo‘l­magani bois so‘ng­gi yil­lar­da oila muammolari girdobiga tushib qoldi. Albatta, hayotda har kim o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak.

Oiladagi­ muammoni chetdan birov ke­lib, hal qilib bermaydi. Shu sababli bundan uch-to‘rt yil av­val I. G‘oziyev tanish-bilishlaridan surishtirib, xorijdan o‘ziga ish topdi. Natijada o‘sha paytdan buyon uzoq yurtda ishlay boshladi. Bu yoqda M. G‘oziyeva farzandlari bilan yol­g‘iz qoldi. Hayoti ana shunday tarz­da kechayotgan kunlarning birida — 2020 yil yoz oylarida Malohat yoshlikdagi tanishi Ix­tiyorni uchratib qoldi. Shundan so‘ng ular tez-tez telefon or­qa­li gaplashib turishdi. Shunda shayton yo‘l­dan urdimi yoki ikkalasi ham o‘z hissiyotlarini jilovlay olishmadimi, har holda vaqt o‘tishi bilan telefondagi «sirli» so‘z­lashuvlar pin­h­ona uchrashuvlarga aylandi. Ya’ni ayol eriga xiyonat qil­di. U kelinli ekani, qizining bo‘yi yetib qolgani, bu qilmishi bilan oilasi sha’niga o‘ch­mas dog‘ tushirishini o‘y­lab o‘tirmadi. Yoz o‘tib, kuz kelgach, eri bundan xabar topdi…

Xullas, o‘tgan yilning 10 noyabr kuni er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqdi.

— Kim bilan uchrashib, nima ishlar qilib yurganingni bilmaydi, deysanmi?, — deya o‘sh­qirdi Ismoil Malohatga.

Erining «siri»dan voqif bo‘lganini eshitib, Malohat avvaliga biroz dovdiradi. Lekin qisqa fursatdan so‘ng o‘zini qo‘lga oldi.

— To‘g‘ri, sizga xiyonat qildim, Ixtiyor bilan uchrashib yurganim rost, — dedi aybini tan olib.

Xotiniining xiyonatini uyalmay tan olgani I. G‘oziyevning battar g‘azabini qo‘zg‘atdi. Bir zumda baqir-chaqir, janjal-to‘polon boshlandi. Oqibatda er xotinini uyidan haydab chi­qardi.

Shundan so‘ng ora­dan to‘rt kun o‘tgach, uyga sovchilar kelishi ma’lum bo‘ldi.

Shunda oilaning to‘n­g‘ichi Alisher otasiga iltimos qildi.

— Dada, sovchilarni kutib olish uchun onamni olib kelaylik…

Chindan ham, sovchilarni kutish-kuzatish erkaklarning ishi emas. Qolaversa, keladigan ayollar qizning onasini so‘rashi, suhbatlashishi aniq. Bordi-yu, ular bo‘lib o‘tgan voqeadan xabar topgudek bo‘lsa, hammayoqqa gap-so‘z, mish-mish tarqaladi. Pirovardida o‘zi ham, qizi ham, ya’ni butun oila ko‘pchilik oldida sharmanda bo‘­ladi. Binobarin, Ismoil masalaning ana shu nozik jihatlarini o‘ylab, o‘g‘liga rozilik berdi.

— Mayli. Faqat sovchilarni kutib olish uchungina kelayotganini yaxshilab tushuntirgin onangga, — dedi u.

— Xo‘p, albatta, tushuntiraman.

Alisher shunday deb o‘sha ku­ni bobosining uyidan onasini olib keldi.

Birozdan so‘ng ularning ortidan tog‘asi Ne’­mat Mamaroziqov ham kirib keldi.

— Ilohim, jiyanimning baxtini bersin, kuyov, — deya salomlashdi Ne’matjon I. G‘oziyev bilan.

— Rahmat, aytganingiz kelsin.

Sovchilar kelib-ketgach, qaynog‘a-kuyov Maftunaning baxti uchun qadah ko‘tarishdi. Ko‘pdan-ko‘p ezgu tilaklarni bildi­rish­di. Shu tariqa ular shirakayf bo‘lib qolishdi. Shuning uchun Ismoil o‘g‘li, kelini va qolgan ikki farzandini o‘z xonalariga kiritib yubordi. So‘ngra yana o‘ziga tinchlik bermayotgan gapni qo‘zg‘ab, qaynog‘asiga xotinining xiyonatidan shikoyat qil­di.

Buning oqibatida er-xotin yana janjallashib qolishdi. Shunda I. G‘oziyev xiyonatkor xotinini ura boshladi. Ne’mat ko‘z o‘ngida singlisining kaltak yeyishiga chidab turolmadi. Ya’ni u kuyovini ko‘rakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kib, haqorat qildi. Bu haqorat Ismoilning battar g‘azabini qo‘zg‘atdi va qaynog‘asining boshiga aroq shishasi bilan urdi. Shunda Ma­lohat eri bilan akasini aj­­ratishga urindi. Biroq I. G‘oziyev shu payt qo‘lidagi oshxona pichog‘ini N. Mamaroziqovning bo‘yni va ko‘kragiga sanchdi. U yerga holsiz yiqilgach, xotinining ham orqa ko‘k­rak qismiga pichoq urdi. Voqeadan voqif bo‘lgan Alisher darhol «Tez yordam»ga qo‘n­g‘iroq qildi. Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlarining sa’y-harakati bilan Malohatning hayoti saqlab qo­lindi. Ammo Ne’mat Mamaroziqov hayotdan bevaqt ko‘z yum­di.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Ismoil G‘oziyev bosh­qa jinoyatchilar singari biror joyga qochib, yashirinmadi. Aksincha, u Farg‘ona vi­loya­ti ich­ki ishlar boshqarmasiga qo‘n­g‘iroq qilib, shu orqali o‘zini Qo‘qon shahar ichki ishlar or­gan­lari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlarining qo‘liga topshirdi.

Shundan so‘ng unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqqan ji­noyat­ ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi I. G‘oziyevni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi va 104-moddasi 2-qismi «l» bandiga asosan aybdor deb topib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Lekin I. G‘oziyev hi­moya­chisi bilan birga Far­g‘ona viloyati sudiga apellyasiya shi­koyati berdi. Ya’ni birinchi bos­qich sudi tomonidan harakatlari Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan noto‘g‘ri kvalifikasiya qi­linga­nini qayd etib, qilmishini shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikasiya qilishni hamda yengilroq jazo tayinlashni so‘radi.

Oliy sud Plenumining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Qasd­dan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarori 12-bandida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qis­mi «j» bandi bilan kvalifikasiya qilishda aybdorning qasdi o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirishga qaratilganini aniqlash shartligi, bunda o‘ta shafqatsizlik tushunchasi odam o‘ldirish usuli bilangina emas, balki aybdor tomonidan o‘ta shafqatsizlik namoyon etilganidan dalolat beruvchi boshqa holatlar bilan ham bog‘lanishi, jabrlanuvchining yaqin kishilari ko‘z o‘ngida odam o‘ldirish, agar aybdor o‘z harakatlari bilan ularga kuchli iztirob berayotganini anglagan bo‘lsa, ayb­dor tomonidan o‘ta shafqatsizlik namoyon etilganidan dalolat beruvchi holat sifatida baholanishi lozimligi ha­qi­­­da­ tushuntirish berilgan. Is­moil G‘oziyev ham qaynakasini mast holatda, qolaversa, yaqin qarindoshi — singlisining ko‘z o‘ngida o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgan. Shuning uchun ham birinchi instansiya sudi sudlanuvchining harakatlarini Jinoyat kodeksining yuqorida qayd etilgan moddalari bilan to‘g‘­ri kvalifikasiya qi­lib,­ unga jazo tayinlashda Oliy sud Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi «Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo ta­yinlash amaliyoti to‘g‘­risi­da»gi qarori talablariga rioya etgan holda asosli xulosaga kelgan. Binobarin, apellyasiya ins­tansiyasi sud hukmini o‘zgarishsiz, apellyasiya shi­koya­tini qanoatlantirmasdan qoldirdi.

Albatta, bayon etilgan fojia hech kimni befarq qoldirmasligi shubhasiz.

Bu fojianing kelib chiqishiga xiyonat sabab bo‘lgan. Bu illatning kasofati tufayli bir oila barbod bo‘ldi, bir begunoh inson hayotdan bevaqt ko‘z yumdi…

Demak, bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, oila — muqaddas dargoh, unga nisbatan har qanday xiyonat hech qachon izsiz ketmaydi. Bu — is­bot talab qilmaydigan hayot ha­qiqati.

Farruh ABDURAIMOV,

Farg‘ona viloyati sudining sudyasi,

Xurshid SULTONOV,

jurnalist

Kiritildi: 11:14 22.10.2021. O'qildi: 12823 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!