Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Falastinga qurol sotgan deputat 10 yilga hukm qilindi

Falastinga qurol sotgan deputat 10 yilga hukm qilindi

Iordaniya sudi mamlakat parlamentining sobiq deputati Imad al-Aduonni 10 yilga hukm qildi. U qurollarni Iordan daryosining g‘arbiy sohiliga olib o‘tgan.

Isroil chegarachilari deputatni 2023 yil aprelida “Qirol Husayn ko‘prigi” deb nomlanuvchi Allenbi chegara punktida kontrabanda oltin va qurollar bilan hibsga olishgan. Iordaniyalik deputatning mashinasidan u Falastinga yetkazmoqchi bo‘lgan 137 dona o‘qotar qurol topildi.

Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, sobiq deputat 2022 yil fevralidan buyon diplomatik pasportidan foydalangan holda 12 marotaba kontrabanda amaliyotini amalga oshirgan. Al-Aduon qurollardan tashqari hayvonlar, qushlar, elektron sigaretalar va oltinlarni G‘arbiy Sohilga olib o‘tgan.

Isroilda hibsga olinganidan ko‘p o‘tmay, u Iordaniyaga ekstradisiya qilindi. Iordaniya Davlat xavfsizlik sudi prokurori sobiq deputatga qarshi ayblov e’lon qildi.

Keyinroq sud uni 10 yilga hukm qildi.

Kiritildi: 16:52 21.11.2024. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!