Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

FaceApp’ni qo‘ying, undan ham zo‘ri chiqdi!

FaceApp’ni qo‘ying, undan ham zo‘ri chiqdi!

Keyingi kunlarda kishining «keksaygan» qiyofasini yasab beruvchi FaceApp ilovasi butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham o‘ta ommalashdi. Biroq uning ortidan ayni o‘shanga o‘xshash, ammo yanada qiziq boshqa servis «kuchaymoqda».

Yangi servis AI Portraits Art deb nomlanadi va u kishining qiyofasini «qadimiy» shaklga keltirib beradi. Ya’ni, yuzingiz o‘rta asrlardagi, Uyg‘onish davridagi buyuk portretnavis rassomlar kartinalari uslubida o‘zgacha tus oladi.

AI Portraits Art ikkita neyron tarmoqli texnologiya bilan ishlaydi va ulardan biri yuzni tanish uchun mas’ul. Ikkinchisi esa naq 45 mingdan oshiq kartina asosida «o‘rgatilgan» sun’iy ong bo‘lib, fotosuratlarga badiiy effekt beradi. Natijada portretingiz go‘yki sizning o‘rta asrlardagi qiyofangizdek bo‘lib chiqadi.

Mazkur servisdan foydalanish uchun aiportraits.com saytiga kirish va suratni yuklash kerak. O‘zining «qadimiy portretini chizdirish»ga talabgorlar ko‘pligi bois, ba’zida bu sayt sal qiyinroq ochilishi mumkin. Lekin suratni qayta ishlash uchun unga bir necha soniya kifoya qiladi.

Manba: terabayt. uz

 

Kiritildi: 08:00 20.07.2019. O'qildi: 3657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!