"Evrouchlik" (Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya) vakillari Eron bilan BMTning Tehronga qarshi sanksiyalarini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Reuters agentligiga fransuz diplomatik manbasi ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari bugun eronlik hamkasbi Abbos Arag‘chi bilan telefon orqali muloqot qiladi. Suhbat chog‘ida tomonlar Tehronga BMT sanksiyalarini qayta joriy etish qarorini kechiktirish uchun avvalroq qo‘yilgan shartlarni muhokama qilish niyatida.
28 avgust kuni Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Eronning yadroviy dasturi tufayli unga qarshi sanksiyalarni qayta tiklash uchun snapback mexanizmini faollashtirdi. Agar bu muddat ichida Tehron bilan yadro dasturi bo‘yicha yangi kelishuvga erishilmasa, sanssiyalar 30 kun ichida tiklanadi.