Evropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti 30 noyabrdan boshlab rossiyalik olimlar bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
SERN qarori rossiyalik 350 ga yaqin olimlarga ta’sir qiladi.
SERN butun dunyo bo‘ylab o‘zining yirik adron kollayderi, dunyodagi eng yirik eksperimental inshooti bilan mashhur. Uni qurish va tadqiq qilishda 100 ga yaqin davlatdan, jumladan, Rossiyadan 10 mingga yaqin olimlar jalb etilgan.
Tashkilot SERN 2023 yil dekabrida Rossiya bilan kelishuvni uzaytirmasligini e’lon qildi. SERNning Belarus bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida tugadi.
2022 yil mart oyida, Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, SERN Rossiya uchun kuzatuvchi maqomini to‘xtatdi. Tashkilotga a’zo 23 davlat Rossiya agressiyasini «qat’iy qoraladi».