Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Evropa xalqaro ayollar yetakchiligi mukofoti” ilk bor O‘zbekiston vakiliga topshirildi

“Evropa xalqaro ayollar yetakchiligi mukofoti” ilk bor O‘zbekiston vakiliga topshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy tadqiqotlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Gulnoza Ismoilova joriy yil 1 sentyabr kuni Bryusseldagi Hessen shtati (Germaniya) vakolatxonasida tashkil etilgan forum doirasida “Evropa xalqaro ayollar yetakchiligi” mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston vakili mamlakatimizda gender tengligi va demokratik jarayonlar uchun e’tirof etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Ayollar Yevropasi” mukofotlari Xalqaro Yevropa Harakati va Yevropa Ayollar Lobbisi tomonidan Yevropa harakatlarining bir nechta milliy kengashlarining milliy mukofotlari asosida tashkil etiladi.

Forum Yevropa Parlamenti homiyligida o‘tkaziladi va uning maqsadi har yili ayollar uchun uchrashuv platformasi bo‘lib, emansipasiya (zo‘rlik va tazyiqdan qutilish)ni rag‘batlantirish va ayollarning ertangi kun tartibini belgilaydigan qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini oshirishdir.

Kiritildi: 15:00 04.09.2021. O'qildi: 2852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!