Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa superkubogi formati va manzili o‘zgartirilishi mumkin

Evropa superkubogi formati va manzili o‘zgartirilishi mumkin

Evropa Superkubogi formati va turnir o‘tkaziladigan joy o‘zgarishi mumkin.

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi an’anaviy musobaqa keyingi mavsumda kengaytirilishi hamda Yevropadan ko‘chirilishi mumkin, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Superkubok Yevropadan tashqarida 4 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladigan turnirga aylanishi mumkin. Ehtimoliy manzillar — AQSh yoki Yaqin Sharq.

UYEFA Superkubok formatini o‘zgartirish masalasini 2022 yildayoq ko‘targandi. Ikkita yarimfinal va bitta final o‘ynaladigan yangi turnirda 4 ta klub ishtirok etishi taxmin qilinmoqda.

Biroq hozircha YECHL va YEL g‘oliblaridan tashqari yana qaysi jamoalar turnirda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 23:28 14.08.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!