Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqida vaksinasiya sertifikatlari joriy qilinadi

Evropa Ittifoqida vaksinasiya sertifikatlari joriy qilinadi

Germaniya kansleri Angela Merkel bu haqda koronavirus masalasi bo‘yicha yig‘ilishdan so‘ng aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, emlanganlikni tasdiqlash uchinchi mamlakatlardan Yevropa Ittifoqiga kirish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Kansler birinchi navbatda bunday sertifikatlar a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqilishini va Evrokomissiya Ittifoqning barcha mamlakatlarida foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida ularni birlashtirishini ma’lum qildi.

«Vaqtning chegaralanganligiga kelsak, texnik jihatdan ta’minlash ishlari uch oy davom etadi, ya’ni Yevropa darajasida barcha mamlakatlarda ishlay oladigan tizim yaratish uchun kamida uch oy vaqt kerak bo‘ladi», — dedi Yevrokomissiya rahbari.

Evropa Ittifoqi 2020 yil martidan beri boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun tashqi chegaralarni yopgan edi. Hozirda YEIga faqat olti mamlakat — Avstraliya, Yangi Zelandiya, Ruanda, Singapur, Janubiy Koreya va Tailanddan kirish mumkin.

Kiritildi: 19:30 26.02.2021. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!