Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi WhatsApp'da chat nazoratini joriy qilishni rejalashtirmoqda

Evropa Ittifoqi WhatsApp'da chat nazoratini joriy qilishni rejalashtirmoqda

Evropa Ittifoqi vazirlari bugun WhatsApp, iMessage va Signal kabi messenjerlardagi xabarlarni noqonuniy kontent mavjudligini tekshirish yuzasidan majburiy skanerlashni joriy qiluvchi qonun loyihasini muhokama qiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad — bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlarga qarshi kurashish.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qonun loyihasida skanerlash qanday amalga oshirilishi aniq ko‘rsatilmagan. Mutaxassislar taklif etilayotgan chora-tadbirlar amalda yozishmalarning maxfiylik shartlarini buzmasligiga shubha bildirmoqda.

"Bunday jinoyatlarga qarshi kurash yana xavfsiz onlayn aloqaga hujum qilish uchun bahona bo‘lib xizmat qilmoqda", deya fikr bildirdi Potsdamdagi Hasso Plattner institutining kiberxavfsizlik professori Anya Leman. Niderlandiya buni inson huquqlarining buzilishi sifatida baholab, ushbu qarorning qabul qilinishiga rozi emasligini e’lon qilgan. Qonun loyihasiga qarshi chiqqanlar orasida Germaniya ham bor.

Kiritildi: 10:10 10.10.2024. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!