Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Slovakiyani yakkalamoqchimi?

Evropa Ittifoqi Slovakiyani yakkalamoqchimi?

Evropa Ittifoqi Slovakiyani faqat ikki jinsni - erkak va ayolni tan olgani uchun ovoz berish huquqidan mahrum qilishi mumkin.

Gollandiya hukumati mamlakatga Yevropa Ittifoqi shartnomasining 7-moddasi bo‘yicha eng qattiq chorani joriy etishni taklif qildi. Bu Yevropa Ittifoqi qadriyatlari, shu jumladan, tenglik va kamsitmaslik tamoyillarini "muntazam ravishda buzgan" taqdirda a’zo davlatning huquqlarini to‘xtatib turishni nazarda tutadi.

Ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilish Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha mamlakatlarning yakdilligini talab qiladi, bu esa uni amalda ehtimoldan yiroq qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Slovakiya avvalroq o‘z konstitusiyasida nikoh erkak va ayol o‘rtasidagi ittifoq ekanligini mustahkamlab qo‘ygan edi.


Kiritildi: 22:35 01.11.2025. O'qildi: 1704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!