Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi cheklovlarni tasdiqlashga tayyorlanmoqda

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi cheklovlarni tasdiqlashga tayyorlanmoqda

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Rossiyaga qarshi Yevropa Ittifoqining navbatdagi — hisob bo‘yicha 20-sanksiyalar paketi 23 fevral kuni YEI Tashqi ishlar vazirlarining sammitida tasdiqlanishiga ishonch bildirdi. Bu haqda xorijiy OAVga tayanib xabar berilmoqda.

"Dushanba kuni biz Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini qabul qilamiz", — dedi Kallas.

Bundan avval OAVlar YEIga a’zo 27 ta davlat elchilari 20 fevral kuni bo‘lib o‘tgan rejali yig‘ilishda 20-sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishuvga erisha olmaganliklari haqida yozgan edi.

Kiritildi: 23:50 20.02.2026. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!