Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi Gruziya bilan munosabatlarda boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Evropa Ittifoqi Gruziya bilan munosabatlarda boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Evropa Ittifoqi respublika rasmiylari bilan aloqalarini uzib, Gruziya bilan munosabatlarida boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Bu haqda Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili Gruziyaning "Imedi" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Bryussel o‘z qarorlari bilan o‘zini boshi berk ko‘chaga surib qo‘ydi, ular parlament mamlakat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda qonunlar qabul qilgani uchun muzokaralar va mamlakat bilan barcha aloqalar to‘xtatildi. Albatta, buni ortga qaytarish oson emas. Parlament qonun qabul qilganda va siz uni bekor qilishni so‘rasangiz, demokratik mamlakatlarda bunday bo‘lmaydi", dedi Borishxovili. Uning qo‘shimcha qilishicha, Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Yevropa Ittifoqi rahbarlarini bir necha bor muzokaraga taklif qilgan, biroq ular rad javobini bergan.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!