Evropa Ittifoqi Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib bergani uchun Eronga qarshi sanksiyalar joriy qildi, deb xabar bermoqda Associated Press
Sanksiyalar ro‘yxatiga Eronning Saha Airlines, Mahan Air va Iran Air aviakompaniyalari, shuningdek, ikkita savdo firmasi va raketa yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi ikkita korxona kiritilgan. Shu bilan birga, Eronning yetti nafar harbiy amaldoriga nisbatan sanksiyalar joriy etildi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya tomonidan Eron armiyasi, Eron harbiy-havo kuchlari va mamlakatning raketa dasturiga aloqador tashkilotlardagi yuqori martabali amaldorlarga qarshi sanksiyalar kiritildi.