Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining rais mamlakati o‘zgardi

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining rais mamlakati o‘zgardi

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga raislik 2021 yil 1 yanvardan Belorussiyadan Qozog‘istonga o‘tkazildi.

“Qozog‘istonning rais-davlat sifatidagi ustuvor yo‘nalishlari, boshqa narsalar qatori, ittifoq to‘g‘risidagi shartnomani to‘liq amalga oshirish, to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro manfaatli kooperativ hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi”, dedi Qosim-Jomart To‘qayev.

Uning so‘zlari “Sputnik Qozog‘iston” tomonidan keltirildi.

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015 yilda tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining harakatlanish erkinligini, shuningdek, muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni ta’minlaydigan xalqaro tashkilot sifatida tashkil etilgan. Ittifoqning a’zolari Rossiya, Belorusiya, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘izistondir.

Kiritildi: 22:20 01.01.2021. O'qildi: 3861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!