Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Evrokomissiya G‘azo urushi tufayli Isroil eksportining taxminan 5,8 mlrd yevrolik qismiga ta’sir qiluvchi savdo kelishuvini to‘xtatishni taklif qilmoqda, ammo bu chora hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan qabul qilinishi uchun yetarlicha qo‘llab-quvvatlangani yo‘q.
"G‘azo sektorida har kuni sodir bo‘layotgan dahshatli voqealar to‘xtatilishi shart. Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha insonparvarlik yordamlarini cheklovsiz yetkazish va HAMAS tomonidan garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish kerak", — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas Isroilning ikki vaziri, o‘ta o‘ng milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Bezalel Smotrichga, shuningdek, isroillik “zo‘ravon ko‘chib boruvchilar”ga (Falastin yerlariga kirib borib, o‘rnashganlar) va HAMASning 10 nafar yuqori martabali a’zosiga nisbatan sanksiyalar paketini taklif qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Ursula fon der Lyayen tomonidan ilgari surilgan erkin savdo kelishuvlarining to‘xtatilishi taklifi Yevropa Ittifoqi hukumatlarining ko‘pchiligi — YEI aholisining 65 foizini tashkil etuvchi 27 a’zodan 15 tasining qo‘llab-quvvatlanishi zarur bo‘ladi.