Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

E’tiborsizlik natijasida yana bir avtohalokat sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor.

E’tiborsizlik natijasida yana bir avtohalokat sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor.

Joriy yilning 2020 yil 19 oktyabr kuni soat 06:30 larda Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi M-39  “Almata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1074 kilometrida,  1982 yilda tug‘ilgan B.N ismli “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi e’tiborsizlik natijasida, yo‘lning burilib olish qismida o‘zidan oldinda burilib olayotgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi B.N va 1987 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi B.Yu lar og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etishgan.

Shuningdek, “Lasetti” avtomashinasi yo‘lovchilari 1975 yilda tug‘ilgan T.H, 1989 yilda tug‘ilgan T.D hamda 1983 yilda tug‘ilgan T.B lar turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda maskur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:38 20.10.2020. O'qildi: 3529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!