Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Eski namunadagi 100 AQSh dollarini sotish va sotib olish banklarda hech qanday muammolarsiz amalga oshiriladi

Eski namunadagi 100 AQSh dollarini sotish va sotib olish banklarda hech qanday muammolarsiz amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hozirgi kunda mamlakatimiz hududida eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi (2009 yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bog‘liq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganligini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi maqomi o‘zgarmagan.

Markaziy bank aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etadi.

Shuningdek, agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishingiz mumkin.

O‘z navbatda, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mamlakatimiz hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi eslatib o‘tiladi.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!