Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Eshitdingizmi? Aktrisa Ravshana Kurkovaning otasi Bahrom Matchonov 17 yil o‘tib O‘zbekistonga qaytib keldi

Eshitdingizmi? Aktrisa Ravshana Kurkovaning otasi Bahrom Matchonov 17 yil o‘tib O‘zbekistonga qaytib keldi

2002 yilda mashhurlikka erishgan aktyor hamda rus kinosi yulduzi Ravshana Kurkovaning otasi Bahrom Matchonov O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda, dedi “ca-news.org”.

"Kichkina tabib", "Shaytanat" va "Oyijon" filmlaridagi rollari bilan o‘zbek tomoshabinlariga ma’lum bo‘lgan aktyor o‘tgan 17 yil davomida Qo‘shma Shtatlarda yashadi.

"Men Qo‘shma Shtatlarga 2002 yilda ketdim. O‘sha paytlarda teatrimizda katta inqiroz yuz berdi, 2000 yildan boshlab O‘zbekistonda filmlar ishlab chiqarish sezilarli ravishda qisqartirildi, keyin Qo‘shma Shtatlarga borishga majbur bo‘ldim, farzandlarimga yaxshi ta’lim berish va oilani boqish kerak edi. Men hech narsasiz AQShga bordim, hattoki ingliz tilini ham bilmaganman", - dedi aktyor intervyuda.

Aktyor mamlakatdagi o‘zgarishlarni ko‘rgach, O‘zbekistonga qaytganini ta’kidladi.

Matchonovning so‘zlariga ko‘ra, u rejissyor Jahongir Qosimovning "Ibrat" nomli filmida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Bahrom Matchonovning qizi Ravshana Kurkova - rossiyalik kino va teatr aktrisasi. 1980 yil 22 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Aktrisaning butun oilasi san’at dunyosiga aloqador. Otasi Bahrom Matchanov - "Ilhom" teatri aktyori, onasi Ra’no Kubayeva esa kino aktrisasi va rejissyor, tog‘asi Rauf Kubayev bo‘lsa rejissyor va ssenaristdir.

Kiritildi: 21:37 23.05.2019. O'qildi: 9455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!