Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ertakning ahvolini qarang: bir kecha uchun 300 tilla bergan savdogar (FOTO)

Ertakning ahvolini qarang: bir kecha uchun 300 tilla bergan savdogar (FOTO)

Bugun Zarnews.uz saytida yuqoridagi sarlavha ostida maqola e’lon qilindi. Yurtimizdagi nashriyotlar tomonidan chop etilayotgan “Jahon xalqlari ertaklari” nomli kitobchalar ichida ertaklarga haqli e’tiroz bildirilgan.

Ushbu suratlardagi ertaklarga e’tibor bering, “oshiq-moshiqning kelishuvlari”, “Keliniga oshiq bo‘lgan shoh” kabi jumlalar nahotki, bolalarni ezgulikka yetaklasa, deya haqli savol beriladi.

Islom shariatida ayol kishiga qaynotasi ham mahram bo‘lishi aytilgan. Qaynota ham o‘z otasi qatorida ko‘riladi. Shunday ekan ular o‘rtasida muhabbatni (aslida fahshni) targ‘ib qiluvchi ertaklarni tarjima qilish orqali nashriyot xodimlari nimani singdirmoqchi bo‘lishyapti?

To‘g‘ri, biz huquqiy-demokratik jamiyatda yashayapmiz. Har bir odam o‘zi istagan ishni qila olish huquqiga ega. Ammo bu har bir odam o‘zi istagan odamni (ya’ni kelinini) sevib qolishi mumkin, mana shunday narsalarni xalqimizga taqdim etsa bo‘ladi degan xulosaga kelib qolmaslimigimiz shart.

Ushbu kitob qaysi nashriyotgda chop etilganini hozircha aniqlay olmadik. Zarnews.uz xodimlari ham istihola qilib, nomini ko‘rsatishmagan chog‘i. Ammo mazkur holat yuzasidan zudlik bilan chora ko‘rilishi va kitob yig‘ib olinishi maqsadga muvofiq deb bilamiz.

Kiritildi: 19:25 23.01.2020. O'qildi: 7321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!