Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ertaga tongda Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov ringga ko‘tariladi

Ertaga tongda Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov ringga ko‘tariladi

Ertaga tongda professional boksdagi ikki hamyurtimiz Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov ringga ko‘tarilishadi. Janglar AQShning Oklaxomasida o‘tkaziladi. Tashkilotchi Eddi Xirn, Matchroom Boxing. Bu haqda sharhlovchi Davron Fayziyev telegram kanalida xabar berdi.

Shahram uchun bu yubiley o‘ninchi jang.  Avvalgi 9 jangining barchasida g‘alaba qozongan. 7 marta nokautga erishgan. Raqibi Uiston Kampos 28 yoshda, natijasi 31(g‘)-7(m)-6(d). Vaznlar grammigacha teng. Bo‘yda 6 sm ustunlik Shahramda. Noqulaylik shundaki, Kampos o‘zgargan raqib sifatida jang qiladi, uning uslubiga G‘iyosov alohida tayyorlanishga ulgurmagan. Lekin, bokschimizning ringdagi yuqori IQsi tezda raqibni o‘qishga, instinktlar esa bo‘sh nuqtalarini aniqlashga yordam beradi.

Isroil Madrimov 5 jang, 5 g‘alaba, 5 nokaut natijasini 6-6-6 raqamlariga almashtirishi mumkin. Isroilga Xirnning jiddiy e’tibori tushgan. Bu esa titul jangini tezlashtirishi mumkin. Raqib sifatida toifaning “eski tulki”laridan Erik Uolker tanlandi. 37 yoshda, 20-2 natijasiga ega. Ustunligi qo‘llarning uzunligida, Madrimovga o‘rta va yaqin masofada ishlash qulayroq bo‘ladi. Darvoqe, jang da’vogarlar maqomiga ega, Isroil uchun dastlabki 12-raundlik sinov bo‘ladi.

Kiritildi: 11:39 15.08.2020. O'qildi: 5276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!