Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ertadan O‘zbekistonda havo salqinlashadi

Ertadan O‘zbekistonda havo salqinlashadi

17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

"Bugun, 16 sentyabrdan respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi", - deyiladi xabarda.

17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me’yordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti o‘tishi natijasida 16-17 sentyabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19 sentyabrda janubi-g‘arbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga ko‘tarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.

Kiritildi: 13:41 16.09.2020. O'qildi: 4004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!