Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ertadan Moskvada COVID-19ga qarshi emlash boshlanadi

Ertadan Moskvada COVID-19ga qarshi emlash boshlanadi

Rossiya poytaxti Moskvada 4 dekabrdan koronavirusga qarshi emlanish uchun elektron yozilish boshlanadi, 5 dekabrdan esa emlash punktlari ish boshlaydi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

“... ommaviy emlashning ulkan mexanizmini tig‘ishlashtirish maqsadida ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda shahar ijtimoiy xizmat xodimlari uchun 2020 yil 4 dekabrdan emlanish uchun elektron yozilishni ochamiz”, - deya yozdi Sobyanin.

Yaqin hafta ichida vaksina partiyalarining yetkazib berilishi bilan emlashda ishtirok etuvchi kishilar guruhi kengayadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi  ommaviy emlashni boshlashni topshirgan edi.

Kiritildi: 17:37 03.12.2020. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!