Eron shimolidagi Gilon viloyatining Rasht shahrida ikki qavatli binoning qulashiga sabab bo‘lgan gaz portlashi oqibatida kamida 18 kishi jabrlandi.
Bu haqda shahar munisipaliteti yong‘in xavfsizligi xizmati tashkiloti rahbari Shahram Momeniy ma’lum qildi.
"Bir necha soat avval Rasht shahrining Bahonar ko‘chasida gaz portlashi natijasida zargarlik do‘koni, chet tillari maktabi va o‘yin klubi joylashgan ikki qavatli bino vayron bo‘lgan... Ushbu hodisada kamida 18 kishi jabrlangan”, — dedi u.