Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron Ozarbayjon bilan kelishuvga erishdi

Eron Ozarbayjon bilan kelishuvga erishdi

Eron neft vaziri Javad Oudji Eron Kaspiy dengizidagi qator konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma komissiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Ozarbayjon davlat axborot agentligining Tehrondan shtat muxbiri AZERTAJ.

Vazir “energiya tashuvchilarni birgalikda ishlab chiqish, ishlab chiqarish va eksport qilish har ikki davlat manfaatlariga javob berishini” qayd etdi.

Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov va Eron neft vaziri Javad Oudji 3 iyun kuni Bokuda gaz sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutuvchi anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar qildi Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi avvalroq.

Shuningdek, o‘sha kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar Boku va Tehron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning ahvoli yuzasidan fikr almashgani, qator yo‘nalishlar, jumladan, neft va gaz bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari va boshqa masalalarni muhokama qilgani qayd etildi.

Kiritildi: 07:57 19.06.2022. O'qildi: 4420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!