Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Eron milliy valyutasidan to‘rtta nolni qisqartirish uchun harakat qilmoqda

Eron milliy valyutasidan to‘rtta nolni qisqartirish uchun harakat qilmoqda

Chorshanba kuni Eron prezidenti mamlakat parlamentiga Islom respublikasining milliy valyutasi riyoldan to‘rtta nolni olib tashlash haqidagi qonun loyihasini yubordi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Qonun ijodkorlariga taqdim etilgan ushbu loyiha orqali prezident Hasan Ruhoniy hukumati Eronda muhokama va bahslarga sabab bo‘layotgan riyol, noqonuniy bo‘lsa-da, keng  tarqalgan tuman bo‘yicha amalga oshirilayotgan pul siyosatiga jiddiy munosabatini bildirgan. Hozirda bir tuman o‘n riyol qiymatga ega.

Agar qonun loyihachilar tomonidan ma’qullanib, parlamentdan o‘tkazilsa, Eron Markaziy Banki riyolni devalvasiya qilib, uni tuman deb qayta nomlaydi.

Yangi tuman valyutasini yaratish uchun bankka ikki yillik muddat kerak bo‘ladi. Bu bilan 1930yildan buyon rasmiy ravishda foydalanilmayotgan valyuta nomi qaytariladi.

Mas’ullar yangi valyutani yaratish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha hech qanday taxminlar bildirishmagan.

Eron riyolining qadrsizlanishiga sabab AQSh sanksiyalaridir.

Chorshanba kuni 1 AQSh dollari 116500 riyolga tenglashdi. 2015 yilning ayni shu vaqtida 1 dollar 32000 riyolga teng bo‘lgan.

Kiritildi: 05:45 22.08.2019. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!