Isroil mudofaa kuchlari Erondan yahudiy davlati tomon raketalar uchirilganini yana bir bor qayd etdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Ogohlantirishni olganingizdan keyin siz boshpanalarga kirishingiz va keyingi ogohlantirishgacha u yerda qolishingiz kerak. Aniq ko‘rsatmalar olganingizdan keyingina boshpanadan chiqib ketishingiz mumkin", — deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etish uchun ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qilgandi. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi dastlab Amerika rahbarining so‘zlarini rad etib, "hech qanday otashkesim bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganini" ta’kidladi. Biroq, bir necha daqiqadan so‘ng u Eron bo‘linmalarining jangovar harakatlari "so‘nggi daqiqagacha, ertalab soat 4gacha davom etgani" haqida aniqlik kiritib, harbiy harakatlar yakuniga ishora qildi.