Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni halok bo‘lganini tasdiqladi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni halok bo‘lganini tasdiqladi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Isroilning juma kuni Bayrutga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ma’lum qilishicha, 27 sentyabr, juma kuni Isroilning Livandagi havo hujumi chog‘ida SIPH operasiyalari qo‘mondoni o‘rinbosari, brigada generali Abbos Nilforushan halok bo‘lgan.

Nilforushan 2019 yilda Ali Zahidiyning o‘rniga Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining operasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida Nilforushonning Qarshilik jabhasi va Eronni himoya qilishdagi roli qayd etilgan va uning o‘limi uchun hamdardlik bildirilgan, biroq Livandagi «sionistik rejim» jinoyatlarini qoralagan bo‘lsada, uning o‘ldirilishiga Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining munosabati haqida hech narsa aytilmagan.

Avvalroq Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Xamas yetakchisi Ismoil Haniya o‘limi munosabati bilan javob choralarini ko‘rishni va’da qilgan edi.

Isroil yakshanbaga o‘tar kechasi Hizbullohning «o‘nlab» nishonlariga yana bir qator zarbalar berganini, uning rahbari Hasan Nasrulloh guruhning yer osti qarorgohiga havo hujumi natijasida halok bo‘lganini aytdi.

Guruh shanba kuni uning o‘limini tasdiqladi.
Livan ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bir kecha-kunduzda sodir bo‘lgan zarbalarda kamida 15 kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 14:34 29.09.2024. O'qildi: 1720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!