Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Eron AQSh va NATOni Afg‘onistonda narkotik moddalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishda aybladi

Eron AQSh va NATOni Afg‘onistonda narkotik moddalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishda aybladi

"AQSh va NATOning Afg‘onistonda ko‘rayotgan chora-tadbirlari bu mamlakatda narkotik o‘simliklar yetishtirishning ko‘payishiga olib keldi", deya e’lon qildi Eron prezidenti Ibrohim Raisi Xalqaro narkotik moddalarni iste’mol qilish va ularning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan marosimda.

Raisi AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistonda bo‘lgan yigirma yili davomida mamlakatda giyohvand moddalar ishlab chiqarish sanoat miqyosiga yetganini, giyohvand moddalar dunyo bo‘ylab tarqalib ketganini ta’kidladi.

Eron prezidentining ta’kidlashicha, hech bir davlat narkotik moddalar savdosiga qarshi yolg‘iz kurasha olmaydi. U dunyoning barcha davlatlari va xalqaro tashkilotlarni o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi, deyiladi prezident ma’muriyati saytida.

Raisi so‘zlariga ko‘ra, Eronning narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashiga AQSh sanksiyalari salbiy ta’sir ko‘rsatgan, bu esa mamlakatni ko‘plab zarur vositalar va texnologiyalardan mahrum qilgan.

Kiritildi: 11:32 28.06.2022. O'qildi: 2571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!