Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ermak ketgan: Zelenskiy ofisini endi kim boshqaradi?

Ermak ketgan: Zelenskiy ofisini endi kim boshqaradi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8 dekabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Prezident ofisi rahbari lavozimiga tayinlanishi etilishi mumkin bo‘lgan besh nomzodni tilga oldi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.

Zelenskiy ko‘rsatgan nomzodlar:

  • Denis Shmigal — mudofaa vaziri
  • Mixail Fedorov — birinchi vise-premyer, raqamli transformasiya vaziri
  • Kirill Budanov — Mudofaa vazirligi harbiy razvedka boshqarmasi rahbari
  • Pavel Palis — Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari
  • Sergey Kislisa — tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Zelenskiyning ta’kidlashicha, ayrim nomzodlarni tayinlash huquqiy jihatdan ham qiyinchilik tug‘diradi. Jumladan, Shmigal va Fedorovni Prezident ofisiga tayinlash uchun ularni avval Rada o‘z vazifalaridan ozod qilishi kerak.

U, shuningdek, barcha nomzodlar muhim pozisiyalarda ishlayotgani uchun qaror qabul qilish oson emasligini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Zelenskiy Prezident apparati rahbari Andrey Yermakni lavozimidan ozod etgandi. Shu kuni tergovchilar «Energoatom»da katta miqdordagi o‘g‘irlik ishi doirasida Yermak uyida tintuv o‘tkazgan. Unga ayb e’lon qilinmagan, ammo Yermak tintuvdan keyin iste’fo berib, frontga ketishini bildirgan.

Ermak ketganidan so‘ng Ukrainada tinchlik muzokaralari bo‘yicha delegasiyani Ukraina MXQ bosh kotibi Rustem Umerov boshqarib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 13:08. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!