Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Erkaklarning shirin ichimliklarni ko‘p iste’moli kalllikka olib keladi

Erkaklarning shirin ichimliklarni ko‘p iste’moli kalllikka olib keladi

Bu haqdaggi tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida e’lon qilingan.

Sinxua universitetining bir guruh tadqiqotchilari shakarli ichimliklarni ko‘p miqdorda iste’mol qiladigan yosh yigitlarda soch to‘kilishi kuchayib ketishini aniqlashdi, deb yozmoqda Sinxua agentligi.

Xitoy olimlari mamlakatda o‘rtacha 27,8 yoshdagi 1 ming 28 nafar erkaklar o‘rtasida olib borilgan so‘rov natijalariga tayanib shunday xulosaga kelishgani aytilmoqda. Tadqiqot natijalarida keltirilishicha, ularning taxminan 57,6 foizi androgenli alopesiyadan /AA/ aziyat chekkani ma’lum bo‘ldi.

Androgenli alopesiya — erkaklarda soch to‘kilishining eng keng tarqalgan ko‘rinishi hisoblanadi. Kalga aylangan erkaklarning 95 foizi soch to‘kilishining ushbu ko‘rinishini boshdan kechirgan.

Tarkibida shakari bor ichimliklar ro‘yxatiga mevali soklar, alkogolsiz ichimliklar, sport va energetik ichimliklar, shirin va yong‘oqli sut, shirin choy va choyli ichimliklar hamda qahva kiritilgan.

So‘rovda ishtirok etganlarning 44,6 foizi shirin ichimliklarni haftasiga yetti marotabadan ko‘p iste’mol qilgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, tarkibida shakar ulushi ko‘p bo‘lgan ichimlarlarni muntazam ichib yurgan odamlarda soch to‘kilishi boshqalarnikiga qaraganda tez kechadi.

Androgenli alopesiyadan aziyat chekayotgan erkaklarning haftalik shirin ichimliklarni ichish ko‘rsatkichi 4 ming 293 millilitrga yetgan. Bu borada sog‘lom guruh ko‘rsatkichi haftasiga o‘rtacha 2 ming 513 millilitrni tashkil etadi.

Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, shakarni ko‘p iste’mol qilish qonda shakar moddasi darajasining ko‘tarilishiga va natijada yuqori faollikdagi poliol yo‘lga olib keladi. Bu yo‘l glyukoza fruktozaga aylanadigan joy sifatida ma’lum. Agar mazkur yo‘l haddan ziyod faol bo‘lsa diabetga olib kelishi mumkin. Tadqiqotlar natijasi esa soch to‘kilishi alomatlari ko‘p hollarda «poliol yo‘lning o‘ta faollashganiga” urg‘u beradi.

Kiritildi: 22:11 05.02.2023. O'qildi: 2778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!