Nikol Pashinyan bunday fikrni davlat televideniyesiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Agar biz haqiqiy tinchlikka erishsak va tinchlik shartnomasini imzolasak, bunday kelishuvga erishish mumkin. Bu shuni anglatadiki, Ozarboyjon ham, biz ham avval sodir bo‘lgan voqealarga aloqador da’volardan voz kechishimiz kerak. Shu bilan birga, kelajakda yangi da’volar uchun hech qanday sabab qolmasligi kerak", — deya ta’kidladi Armaniston hukumati rahbari.