Anqara o‘zining milliy xavfsizligi uchun Suriyada faoliyat yuritayotgan va Turkiya uchun tahdid manbai bo‘lgan barcha terror tashkilotlari, ayniqsa RKK/YPG va ISHIDga qarshi chora ko‘radi.
Turkiya yetakchisi idorasi xabar berishicha, bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqaraga tashrif bilan kelgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya NATO davlati sifatida RKK/YPG va uning bo‘linmalarining Suriyadagi vaziyatdan foydalanishga urinishlariga to‘sqinlik qiladi.
Turkiya yetakchisi uning mamlakati “boshdanoq Suriyaning hududiy yaxlitligi, birligi va unitar tuzilishini saqlab qolish tarafdori ekanini, xalqaro hamjamiyat Suriyani qayta tiklash va tiklashda hamkorlik qilishi kerakligini” aytdi.
U, shuningdek, Turkiya "turk-amerika munosabatlarini barcha sohalarda rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirishini" ta’kidladi.