Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Erdog‘an 15 iyul hodisasi qurbonlari haqiga Qur’on tilovat qildi (video)

Erdog‘an 15 iyul hodisasi qurbonlari haqiga Qur’on tilovat qildi (video)

Turkiya poytaxti Anqarada 2016 yilning 15 iyulida yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishda halok bo‘lganlarni xotirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

“15 iyul shahidlari yodgorligi” majmuasida o‘tkazilgan marosimda prezident Rajab Toyyib Erdog‘an ham ishtirok etdi.

Marosimdan keyin “Beshtepa” masjidiga borgan Erdog‘an 15 iyul hodisalarida halok bo‘lganlar haqiga Qur’on tilovat qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 15 iyulida harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinishda 251 kishi qurbon bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi yaralangan. Turkiyada 15 iyul Demokratiya va milliy birlik kuni deb e’lon qilingan.

Kiritildi: 11:50 16.07.2019. O'qildi: 2372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!