Isroil mudofaa kuchlari Livanga harbiy blokada o‘rnatib, Suriya va Erondan kelayotgan yuk samolyotlarining Bayrut aeroportiga qo‘nishni taqiqladi. Bu haqda Ynet nashri xabar bermoqda.
Hisobotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Isroil bir necha kun avval vayron qilingan Livan va Suriya o‘rtasidagi oltita chegara o‘tish punktini tiklashga to‘sqinlik qilgan. Bundan tashqari, armiya Livanga Suriya yoki Eron samolyotlarining Bayrutga qo‘nishiga ruxsat bermasligini rasman ma’lum qilgan. Fuqarolik transportiga ruxsat beriladi. Livan sohillarida Eron kemalari ham ushlanishi mumkin.
Bir necha soat oldin Erondan kelgan samolyot Bayrut aeroportiga qo‘na olmay, Tehronga qaytishga majbur bo‘lgan edi.
Nashr vakilining iddao qilishicha, hozirgacha 600 mingga yaqin livanlik mamlakat janubidagi uylarini tashlab shimolga ko‘chib o‘tgan, yana 400 ming nafari esa Bayrutning Dahiya tumanidan evakuasiya qilingan.