Fobos ob-havo markazi 3 oktyabr oqshomida Yerda magnit bo‘roni boshlanishi haqida xabar berdi.
"Sayyoramiz aholisi kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlariga duch keladi", deyiladi markaz veb-saytida.
Qayd etilishicha, 4 oktyabr kuni ertalab magnit bo‘roni kuchayadi - G3 toifasi va 5 oktyabr oqshomida tugaydi.
"Yakshanba kuni geomagnit maydon hali ham kuchsiz buzilishlarni saqlab qoladi, magnit bo‘ronlari darajasiga yetmaydi va faqat yangi hafta boshida Yer magnitosferasi sokin holatga qaytadi", — deyiladi nashrda.