Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Er kurrasining g‘aroyib daraxti

Er kurrasining g‘aroyib daraxti

Hatto ekzotik joylarga tashrif buyurmagan bo‘lsangiz-da, tabiat insonga kutilmagan sovg‘alar tortiq qilishga qodir ekanini bilsangiz kerak. Quyida aynan shunday narsalar haqida so‘z yuritiladi. Bugungi kunda daraxtlarning 60 mingdan ortiq turlari ma’lum. Ularning orasida g‘aroyib daraxtlar ham bor. Masalan,

Kolbasa daraxti yoki kigeliya Afrika mamlakatlarida o‘sadi. U 10 metrgacha o‘sadi. Unda katta gullar va uzunligi 50-60 sm bo‘lgan kolbasa shaklidagi o‘ziga xos mevalar o‘sadi. Yevropada bu daraxt haqida bir necha asrlar oldin eshitishdi. Qiziqarli jihati, kolbasa daraxti yakka holda o‘sadi, hech qachon ikkita daraxt yonma-yon bo‘lmaydi. Jazirama issiq kunlar kelishi bilan ular bargini to‘kadi, shu yo‘l bilan suv zaxirasini tejaydi. Yomg‘ir mavsumi boshlanganida esa ularning shoxlarida yana barglar paydo bo‘ladi.

Kunduz kuni noodatiy gullar batamom yopiq, kun botishi bilan esa ular ochiladi. Bu gullarning yagona kamchiligi changlantiruvchilarni jalb etish uchun zarur bo‘lgan yoqimsiz hidi. Daraxt mevalarini iste’mol qilishdan avval unga termik ishlov berish kerak. Chunki u juda zaharli. Mahalliy aholi undan alkogol ichimlik tayyorlashni o‘rganishgan.

Mevalar o‘ta mustahkam po‘stloq bilan qoplangan. Urug‘ini olish uchun dastlab mevani quritish, ana undan keyin bolta bilan maydalash kerak bo‘ladi. Afrika aborigenlari kolbasa daraxtini tibbiyotda qo‘llashadi. Uning mevalari bilan yallig‘lanishlar, ilon chaqishi, zaxm (sifilis) davolanadi va turli yaralarni bog‘lash uchun qo‘llaniladi.

Shifokorlar g‘aroyib kigeliya daraxti aslida antibakterial xususiyatga egaligini tasdiqlaydilar. Aynan shuning uchun bugungi kunda turli kosmetika vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Daraxt mevalari uzoq qaynatilganida qizil bo‘yoq olish mumkin. Afrikaliklar u bilan matolarni bo‘yashadi.

Kigeliya poyalaridan kanoelar, shuningdek ayrim musiqa asboblari yasaladi.

 

Kiritildi: 06:15 25.08.2019. O'qildi: 3865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!