Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash va omma oldida sazoyi qilish oddiy holatga aylanib bormoqda» – Shavkat Mirziyoyev

«Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash va omma oldida sazoyi qilish oddiy holatga aylanib bormoqda» – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari qishloq joylarida, olis va chekka hududlarda yashayotgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati talab darajasida emasligini tanqid qildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har yili 3,5 mingdan ziyod ayollar ko‘krak bezi saratoni, 1,5 mingga yaqini ayollar kasalliklaridan vafot etmoqda.

«Bundan tashqari, oiladagi kelishmovchiliklar sababli ajrimlar soni ham (2020 yili 28 mingdan ziyod) yuqoriligicha qolmoqda. Qashqadaryoda – 2 ming, Xorazmda – 1,1 ming, birgina Romitan tumanida – 110 ta ajrim qayd etilgan. Er-xotin o‘rtasidagi doimiy janjal, xiyonat, kuch ishlatish va migrasiya ajrimlarning 70 foiziga sabab bo‘lmoqda.

Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda omma oldida sazoyi qilish holatlari oddiy holga aylanib bormoqda. 2020 yili 15 mingga yaqin xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yillarda 480 mingga yaqin xotin-qizlar uzoq muddatga xorijga ishlash uchun ketgan bo‘lib, hozirda ularning farzandlariga oid ma’lumotlar hech qaysi idorada mavjud emas. Bu borada vasiylik va homiylik organlarining mahalla, maktab va bog‘chalar bilan hamkorligi mutlaqo talabga javob bermaydi», – dedi davlat rahbari.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev ayollarning ishlashini taqiqlaydigan erkaklar haqida fikr bildirgan edi.

Kiritildi: 19:05 26.02.2021. O'qildi: 2255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!