Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Endi o‘qituvchilarni maktab qurilishi va ta’mirlanishi ishlariga jalb qilish qat’iy taqiqlanadi

Endi o‘qituvchilarni maktab qurilishi va ta’mirlanishi ishlariga jalb qilish qat’iy taqiqlanadi

O‘zbekistonda o‘qituvchilarni maktab qurilishi va ta’mirlanishi, infrastrukturasini yaxshilash ishlariga jalb qilinishi qat’iy taqiqlanadi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 34-sonli yig‘ilish bayonida aytilgan.

Belgilanishicha:

mamlakat kelajagi bo‘lgan yosh avlod ta’lim va tarbiyasi eng muhim vazifa ekanligini inobatga olib, barcha vazirlik, idora va mahalliy hokimliklar rahbarlari Xalq ta’limi vazirligi hamda uning hududiy tuzilmalariga doimiy amaliy yordam ko‘rsatadi;

xalq ta’limi tizimi rahbarlari va xodimlari, shu jumladan o‘qituvchilar, maktablarda ta’lim va tarbiya jarayonlariga, o‘qitishning mazmun va sifatiga javobgardir, ularni maktab qurilishi va ta’mirlanishi, infrastrukturasini yaxshilash ishlariga jalb qilinishi qat’iy taqiqlanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli hududlarda maktablarning moddiy-texnika bazasi holatini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini sifatli tashkil etishga mas’uldirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (Norboyeva), Qonunchilik palatasi (Ismoilov), Vazirlar Mahkamasi (Aripov) “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilishni tezlashtirish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘radi.

Belgilab qo‘yilishicha, yangi qonun “to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish” tamoyili asosida bo‘lib, unda pedagogning maqomi, huquq va imtiyozlari aniq ko‘rsatib beriladi.

Kiritildi: 19:40 19.09.2019. O'qildi: 1817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!