Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Endi Rossiya parrandachilik fermalarida o‘zbeklar ishlaydi(mi)?

Endi Rossiya parrandachilik fermalarida o‘zbeklar ishlaydi(mi)?

Kommersant’ nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida ishchilar yetishmovchiligi masalasiga yechim topdi. Ushbu dastur bo‘yicha o‘zbekistonlik ishchilarni qurilish sanoati uchun ishlab chiqilgan dastur doirasida yo‘naltirish rejalashtirilgan. Dasturga parranda yetishtiruvchi kompaniyalar ko‘proq qiziqish bildirmoqdalar.

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchilar uchun kompaniyalardan arizalar qabul qilishni boshlagan va hafta oxirigacha umumiy hisobda loyiha doirasida 3,5 ming migrantni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. Ma’lumot uchun, ishchilar qurilish sanoati uchun 10 ming kishilik kvota doirasida dasturga yo‘naltiriladi.

Migrantlarni jalb qilish istagidagi kompaniyalar O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bilan shartnoma tuzishi lozim. Agentlik potensial ishchilarni OIV, sil kasalligi bo‘yicha testdan o‘tkazadi, COVID-19 ga qarshi "Sputnik Layt" yordamida emlanadi va rus tilidan imtihon olinadi. Bularning barchasi ish beruvchi tomonidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, kompaniyalar parvoz va patent xarajatlarini ham to‘lashlari kerak.

Bir ishchini yollashning umumiy qiymati 45–50 ming rublga baholanmoqda.

Kiritildi: 01:16 21.10.2021. O'qildi: 3470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!