Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Endi "Oltin qalam" tanlovi g‘olibiga avtomobil beriladi

Endi "Oltin qalam" tanlovi g‘olibiga avtomobil beriladi

Endi "Oltin qalam" tanlovi g‘olibiga avtomobil beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevninn "Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilab qo‘yildi.

" 2023 yildan boshlab jurnalistlar o‘rtasida har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni demokratik tamoyillar asosida yanada ochiq va shaffoflik bilan o‘tkazishga e’tibor qaratilsin, shuningdek, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari:

bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;

birinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;

ikkinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 175 baravari;

uchinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari;

12 ta rag‘batlantiruvchi nominasiyaning har biri uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlansin.

Belgilansinki, “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplanadi", deyiladi qarorda.

Kiritildi: 16:51 27.06.2022. O'qildi: 2195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!