Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Endi nima bo‘ladi: Zelinskiyning iste’fosi uchun yetarlicha ovoz to‘plandi

Endi nima bo‘ladi: Zelinskiyning iste’fosi uchun yetarlicha ovoz to‘plandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’fosi to‘g‘risidagi petisiya 25 mingdan ziyod ovoz to‘pladi. Petisiya davlat rahbari saytida ro‘yxatga olingan.

Buning o‘zi davlat rahbari ushbu hujjatni ko‘rib chiqishi uchun kifoya qiladi.

Petisiya mualliflari Zelenskiyni aniq bir va’da va siyosiy ko‘rsatmalar bermasdan, noroziliklarni birlashtirganlikda ayblashgan. Shuningdek, u prezident etib saylangan so‘ng aniq bir yo‘l va yo‘nalishga ega emasligini bayon qilishgan.

Petisiya mualliflariga ko‘ra,  yangi davlat rahbarini aslida 73 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy iste’fosi to‘g‘risidagi petisiya chorshanba kuni paydo bo‘ldi va bir sutka ichida uni 25 ziyod kishi imzolashga ulgurdi. Ayni damda petisiya qariyb 30 ming ovoz to‘plagan.

Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanini rasman e’lon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz to‘pladi. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini to‘plab, mag‘lubiyatga uchradi.

20 may kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi.

 

Kiritildi: 08:49 24.05.2019. O'qildi: 3785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!