Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi Italiyada axlat tashlaganlar 18 ming yevrogacha jarimaga tortiladi

Endi Italiyada axlat tashlaganlar 18 ming yevrogacha jarimaga tortiladi

Italiyada avtomobildan yo‘lga yoki piyodalar yo‘lagiga tashlangan chiqindi xaltasi uchun endi haydovchiga 18 ming yevrogacha jarima solishi mumkin. Salfetkalar, plastik butilkalar va sigaret qoldiqlari uchun esa jarima 1 188 yevroga yetadi.

Agar haydovchi qo‘riqxona yoki boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududga chiqindi tashlasa, jarimadan tashqari, haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lishi yoki qamoqqa olinishi mumkin.

Mashinaning to‘xtab turishi yoki harakatlanishi muhim emas. Endilikda polisiya huquqbuzarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga olishi shart emas, ular kuzatuv kamerasiga tushib qolsa, kifoya.

Kiritildi: 22:50 12.08.2025. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!