Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Endi fuqarolar har kuni soat 18:00 gacha ishlatgan suvi haqida ma’lumot beradi

Endi fuqarolar har kuni soat 18:00 gacha ishlatgan suvi haqida ma’lumot beradi

Suv oldi berdisi bir sutkada kamida ikki marta ertalab soat 7:00-8:00 va kechqurun soat 18:00-19:00 o‘rtasida olib boriladi.

"Qalampir.uz"ga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv resurslari hisobini yuritish hamda ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihasi joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyulidan boshlab barcha toifadagi (kommunal suv ta’minoti tizimidan tashqari) suv iste’moli va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlar “Suvdan foydalanganlik to‘g‘risida” idoraviy statistik 2-TP (suv xo‘jaligi) shakli asosida qat’iy ravishda elektron tarzda yuritiladi.

Shuningdek, suv iste’molchilari – har kuni soat 18:00 gacha olgan suvini nima maqsadda ishlatgani, qanday ekinni qancha gektar sug‘organi hamda suvni boshqa maqsadda ishlatgani to‘g‘risida suv iste’molchilari uyushmasiga ma’lumot beradi.

Suv iste’molchilari uyushmalari har kuni kechqurun soat 18:30 gacha qaysi manbadan qancha suv olgani, uni qaysi suv iste’molchilariga qanchadan taqsimlab bergani hamda bu suv qaysi maqsadlar uchun, qanday foydalanilganligi, suvdan foydalanish koeffisiyenti haqida tuman irrigasiya bo‘limiga axborot berib boradi.

Har o‘n besh kunda tuman irrigasiya bo‘limi bilan olingan suv miqdori va undan qanday foydalanilganligi to‘g‘risida o‘zaro dalolatnomalar tuzadi.

Har chorak yakuni bo‘yicha 10 kun ichida tuman irrigasiya bo‘limiga ular bilan kelishilgan tarzda belgilangan shaklda hisobot beradi.

Tuman (shahar) irrigasiya bo‘limlari har kuni kechqurun soat 19:00 gacha har bir suv manbasidan olgan suvi, iqtisodiyot tarmog‘iga, suv istemolchilari uyushmasiga qanchadan bergani va ular suvni qanday maqsadda ishlatganlari, suvdan foydalanish koeffisiyenti haqida ma’lumotlarni irrigasiya tizimlari havza boshqarmasiga, nusxasini tegishli Irrigasiya tizimi boshqarmasiga taqdim etadi.

Irrigasiya tizimi boshqarmasi – har kuni kechqurun soat 20:30 gacha har bir suv manbaidan olgan suvi, uni qaysi tumanga, iqtisodiyot tarmog‘iga, suv istemolchilari uyushmasiga qanchadan bergani va ular suvni qanday maqsadda ishlatganlari, qancha suv qaysi suv ob’ektiga tashlanganligi, suvdan foydalanish koeffisiyenti haqida ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etadi.

Har o‘n kunda tegishli magistral kanal (tizim) va irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi bilan olgan suvlari va ulardan qanday foydalanganligi to‘g‘risida o‘zaro dalolatnomalar tuzadi.

Har chorak yakuni bo‘yicha 10 ish kuni davomida irrigasiya tizimlari havza boshqarmasiga belgilangan tartib va shaklda hisobot beradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga har kuni kechqurun soat 21:00 ga qadar har bir suv manbaidan olgan jami suvi, uni qaysi magistral kanalga, irrigasiya tizimi boshqarmasiga, viloyatga, tumanga, iqtisodiyot tarmog‘iga qanchadan bergani va ular tomonidan suv qanday maqsadlar uchun ishlatilgani to‘g‘risida, qancha suv qaysi suv havzasiga tashlangani, suvdan foydalanish koeffisiyenti haqida yozma ravishda kunlik axborot berib boradi.

Har chorak yakuni bo‘yicha 10 ish kun davomida Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartib va shaklda hisobot taqdim qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan barcha suv xo‘jaligi tashkilotlari har kuni ertalab soat 7 da va kechqurun soat 22 da suv xo‘jaligi tizimi va ob’ektlarining joriy holati to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni telefon orqali O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Markaziy dispetcherlik xizmatiga yetkazib turadi.

Suv resurslarining hisobi va balansini yuritish tuzish uchun suv xo‘jaligi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va suv iste’molchilari o‘zaro suvning kundalik oldi-berdi munosabatlarini yuritadi.

Suv yetkazib beruvchilar va suv iste’molchilari o‘rtasida suvning oldi berdisi bir sutkada kamida ikki marta ertalab soat 7-8 va kechqurun soat 18-19 o‘rtasida olib boriladi.

Loyiha hozirda muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, unga o‘zgartirish kiritilish va rad qilinishi mumkin.

Kiritildi: 13:59 12.11.2019. O'qildi: 4479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!